Gurlanda hokim yordamchisi va MTM mutaxassisi qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Gurlan tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, unda Gurlan tuman hokimining yordamchisi U.K. fuqaro U.dan uni tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tizimidagi muassasalarning biriga Gurlan tuman MTM bo‘limining kadrlar bo‘yicha mutaxassisi orqali ishga kiritib qo‘yish evaziga 600 AQSh dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departament xodimlari tomonidan U.K.ning ko‘rsatmasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, tuman MTM bo‘limining kadrlar bo‘yicha mutaxassisi M.M. tuman hokimi yordamchisi U.K. bilan uchrashib oldindan kelishilgan 600 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar U.K. va M.M.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:48 / 17.11.2024
Farg‘onada IIB xodimiga 3000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi
13:46 / 14.11.2024
Sirdaryoda haydovchidan pora olgan YPX xodimi qamaldi
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17:35 / 11.11.2024