Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik akademik litsey o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadasida 10ta medalni qo‘lga kiritishdi
O‘zbekistonlik akademik litsey o‘quvchilari matematika, fizika va informatika fanlaridan Jautikov nomli 15-Xalqaro olimpiadada 1 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
2019 yil 10-15 yanvar kunlari Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur olimpiadada dunyoning 18 davlatidan 540 nafar o‘quvchi qatnashdi.
Buxoro davlat universiteti qoshidagi Qorako‘l akademik litseyining 3-kurs o‘quvchisi Abbos Sayliyev matematika fanidan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Elbek Toshpo‘latov, Jasur Imomov va Rasulbek Ozodov kabi iqtidorli o‘quvchilar esa kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy universiteti, Jizzax davlat pedagogika va Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari ham olimpiadada faol qatnashib, bronza medaliga ega bo‘lishdi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
20:31 / 20.09.2024