O‘zbekiston | 18:30 / 16.01.2019
21373
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi favvoralar bo‘yicha qaror qabul qilindi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahridagi favvoralar holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi balansidagi favvoralarni kapital ta'mirlash, obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish belgilandi. 

Shuningdek, favvoralar atrofidagi hududlarga shartnoma asosida tijorat va ko‘ngil ochish obektlarini joylashtirish, bunda davlat-xususiy sheriklik tamoyili bilan tadbirkorlik sub'yektlariga beg‘araz uch yildan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga topshirilishga rozilik berilgan.

Mavzuga oid