Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta'lim sohasida dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilinadi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Kun.uz muxbiri Bosh vazir Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotlarga asoslanib shu haqida xabar berdi.
"Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Ta'lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirishbo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ta'lim muassasalarining reytingini belgilovchi dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatadi", - deydi Abduhakimov.
Uning ta'kidlashicha, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 2019 yilning 1 aprelga qadar ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish natijalariga ko‘ra ta'lim muassasalarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini ishlab chiqadi va uni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Shuningdek Davlat inspeksiyasi joriy yilning 1 iyuniga qadar ta'lim muassasalari, pedagog xodimlar, ta'lim oluvchilar, ta'lim-tarbiya jarayoni va boshqa axborotlar to‘g‘risida yagona ma'lumotlar bazasini shakllantirishni o‘z ichiga olgan ta'lim sifatini ta'minlovchi axborot tizimini joriy etishga doir takliflarni tayyorlaydi va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025