Pentagon iqlim o‘zgarishi sababli AQSh harbiy obektlari xatarlarga duch kelishi mumkinligini bildirdi
Iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan suv toshqinlari, qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari AQSh hududiga harbiy obektlarning uchdan bir qismiga bevosita xavf tug‘diradi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi Kongressga tegishli hisobot jo‘natdi.
Politico gazetasi tayangan ushbu hujjatda qayd etilishicha, gap kamida 79 obekt haqida bormoqda. Ulardan 53tasiga suv toshqinlari muntazam ziyon yetkazmoqda, 43 tasi qurg‘oqchilik ta'siri ostida va 36tasiga o‘rmon yong‘inlari xavf solmoqda.
Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, kelajakda yana 60ta obekt suv ostida qolishi, 48tasi qurg‘oqchilik va 43tasi o‘rmon yong‘inlari ta'sirida qolishi mumkin.
Hujjatda aytilishicha, mudofaa vazirligi iqlim o‘zgarishlarini hisobga olgan holda harbiy bazalarni mustahkamlash bo‘yicha choralar ko‘rishni boshlab yuborgan.
Mavzuga oid
13:22 / 13.11.2024
Pentagon hujjatlarini oshkor etishda ayblangan shaxs 15 yilga qamaldi
07:56 / 13.11.2024
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
09:00 / 30.10.2024