O‘zbekiston | 16:42 / 19.01.2019
39689
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident qarori va farmoni ijrosi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va bosh vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi.

Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi masalalari o‘rin olgan.

Yig‘ilishda viloyatlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, joylardagi prokuratura, IIB, DSI, Xalq qabulxonasi, davlat xizmatlari markazi, MIB, tibbiyot va xalq ta'limi, kommunal xizmatlar, tijorat banklari hamda kun tartibiga aloqador tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Shuningdek, yig‘ilishda prokuror, IIB va DSI rahbarlarining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar ishini nazorat qilish va muvofiqlashtirishga mas'ul o‘rinbosarlari hamda xodimlari qatnashmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida qayd etilishicha, ikki yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti nomiga 2,5 milliondan ortiq murojaatlar kelib tushganligi, respublika ishchi guruhlari tomonidan uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o‘rganish natijasida qo‘shimcha 1,1 milliondan ortiq turli muammolar aniqlanganligi joylarda yechimini kutayotgan masalalar ko‘pligini, ayrimlari o‘rta va quyi bo‘g‘indagi tashkilotlar darajasida hal etilmayotganligini ko‘rsatmoqda

Mavzuga oid