Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soros Xitoy yetakchisini «ochiq jamiyatlar»ning asosiy dushmani deb atadi
Amerikalik milliarder va moliyachi Jorj Sorosning Davosdagi iqtisodiy forum vaqtida ma'lum qilishicha, Xitoy yetakchisi Si Tszinpin «ochiq jamiyatlarning eng xavfli raqibi» hisoblanadi. Sorosning so‘zlari South China Morning Post tomonidan keltirilgan.
Sorosning ta'kidlashicha, Xitoy dunyodagi yagona avtoritar rejim emas, biroq aynan shu davlat, uning fikricha, «texnologik jihatdan eng boy, eng kuchli va eng ilg‘ordir». Uning qayd etishicha, sun'iy idrok sohasidagi Xitoy ishlanmalari «avtoritar rejimga foyda olish»ga yordam bermoqda.
«Biz Xitoy xalqi, ayniqsa, Konfutsiy an'analariga rioya qilishni xohlaydigan ishbilarmon hamjamiyat va siyosiy elitadan umid qilishimiz kerak», - deya xulosa qilgan Soros.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh razvedkasining yangi strategiyasi tufayli protest bildirgandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025