“Spark” yoki Chempionlar ligasi finaliga yo‘llanma – Siz qay birini tanlagan bo‘lardingiz?
23 yanvar kuni Toshkent shahridagi «Samarqand darvoza» savdo ko‘ngilochar markazida Tizer aksiyasining galdagi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 2018 yilning sentabr oyida start olgan mazkur aksiya g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Jumladan, Toshkent shahri Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi Abdug‘afur Vahobov aksiya g‘olibi sifatida bosh sovrin – Chevrolet Spark avtomobilini qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi uni bevosita kuzatib borgan 2000 nafardan ortiq mehmonlar ishtirokidagi turli shou dasturlar, estrada yulduzlarining chiqishlari va taqdirlash jarayonlarining hayajonli daqiqalari bilan yodda qoldi.
Marosim boshlovchilari Abdug‘afur Vahobovga aksiyaning mutlaq g‘olibi sifatida shu yilning iyun oyida Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tadigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi finaliga yo‘llanma yoki Chevrolet Spark avtomobilini olishni taklif etishdi. G‘olib minglab tomoshabinlarning hayqiriqlari, farzandlarining takliflari asosida “Spark” tanlovida to‘xtadi.
– Farzandlarim Akbar, Abdumalik va Zafarjon deyarli bir oy davomida Tizer chanqoqbosti ichimligini ichish orqali futbol jamoalari nomi yozilgan maxsus qopqoqlarni yig‘ishgan ekan. To‘plangan qopqoqlarni ko‘rib, o‘g‘illarimga aytgan birinchi gapim «Soddasizlar-da bolalar, ichimlikning oddiygina 32ta qopqog‘iga kim ham “Spark” avtomashinasini berardi?»,- degan so‘zlar bo‘ldi. Keyin ularning taklifi bilan, mendan nima ketdi, deya tashkilotchilarga murojaat qildim va mana, yutuqni olib ketyapmiz, – dedi aksiya g‘olibi Abdug‘afur Vahobov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Taqdirlash marosimida, shuningdek,
Televizor;
Noutbuk;
Smartfon;
Aqlli soat;
Tizer savdo belgisi tushirilgan futbolkalar va boshqa turdagi qimmatbaho sovg‘alar ham o‘z egalariga topshirildi.
Ma'lumot o‘rnida, Tizer savdo belgisi tomonidan 2018 yilning 10 sentyabridan 2019 yilning 31 mayiga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida yirik aksiya o‘tkazilmoqda. Unga ko‘ra, ishtirokchilar maxsus qopqoqli Tizer ichimligini sotib olishi va qopqoq ostiga berkitilgan turli yutuqli sovg‘alar belgilarini topishlari lozim. Topilgan har bir qopqoqdagi qimmatbaho sovg‘a shu kabi tantanali taqdirlash marosimlarida o‘z egalariga topshirib kelinmoqda.
Salqinlatuvchi ichimlik qopqoqlaridan 2018-2019 yillarda UYeFA Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi Yevropa klublari nomlarini topish orqali siz 2019 yilning 1 iyunida Ispaniyaning Madrid shahridagi “Wanda Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha UYeFA Chempionlar ligasining final o‘yinida qatnashish uchun 20 ta yo‘llanma yoki 19 ta Chevrolet Spark avtomobilidan birini qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Siz qay birini tanlaysiz, Spark yoki Madridga yo‘llanma?
Tizer iching va qimmatbaho sovg‘alar egasiga aylaning!