Yemelyanenko Makgregorga maslahat berdi

Foto: Gregory Payan / AP
Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Fyodor Yemelyanenko irlandiyalik hamkasbi Konor Makgregorga maslahat berdi. Sportchining so‘zlari TASS tomonidan keltirilgan.
Yemelyanenko tan olishicha, unga Makgregorning xatti-harakatlari yoqmaydi. «U (Makgregor) birinchi navbatda o‘z tilini, gapirayotgan gaplarini nazorat qilishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi rossiyalik.
Shuningdek, u o‘z hamyurti Habib Nurmagomedov haqida fikr bildirib, uni «madaniyatli, ijobiy jangchi», deb ta'rifladi. Shu bilan birga, Yemelyanenkoning qayd etishicha, UFC chempionini shaxsan deyarli tanimaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yemelyanenko Nurmagomedovning xatti-harakatlari haqida gapirgandi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
Mavzuga oid

08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi

00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi

10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi

19:10 / 29.11.2019