Jahon | 08:48 / 26.01.2019
7695
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada hibsga olinganlar soni 500 kishiga yetdi

Foto: REUTERS / Carlos Garcia Rawlins

Venesueladagi namoyishlar davomida hibsga olinganlar soni 500 kishiga yetdi. Bu haqda RIA «Novosti» «Jinoiy forum» nodavlat tashkiloti rahbari Alfredo Romeroga asosan xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, mamlakatdagi norozilik namoyishlari dushanba kunidan buyon to‘xtamayapti.

Soat 20.50 (Toshkent vaqti bilan shanba kuni 4.50)dagi ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olishlar davom etmoqda, milliy gvardiya xodimlari va maxsus topshiriqlik xizmatlar xodimlarining uylarga bostirib kirishi to‘g‘risida xabarlar mavjud.

Romeroning qo‘shimcha qilishicha, qo‘lga olinganlar orasida kamida 14 nafar voyaga yetmagan qiz va o‘g‘il bola ham bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaido Maduro bilan muzokaralardan bosh tortgani, AQSh o‘z shartini ma'lum qilgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid