Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymarning «PSJ» va «Barselona»dagi o‘yinlari taqqoslab ko‘rildi
Braziliyalik hujumchi Neymar «PSJ» klubida «Barselona»ga nisbatan jarohatlardan ko‘proq aziyat chekmoqda.
24 yanvar kuni futbolchi Fransiya Kubogidan o‘rin olgan «Strasbur»ga (2:0) qarshi o‘yinda tovonini sindirib olgan edi. Esporte Interativo xabariga ko‘ra, Neymar kamida 1 oy, ko‘pi bilan mavsum oxiriga qadar safdan chiqqan bo‘lishi mumkin.
«PSJ» tarkibida o‘tkazilgan 1,5 mavsum davomida Neymar turli jarohatlar sababli 26ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. «Barselona»da o‘tkazgan 4ta mavsumida esa futbolchi atigi 21ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi, deb yozadi L'Equipe.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017 yilda «Barselona»dan «PSJ» klubiga 222 million yevro evaziga o‘tdi. Joriy mavsumda u 23ta o‘yin o‘tkazib, 20ta gol urgan va 10ta golga hammualliflik qilgan.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025