Samarqand viloyatida yana bir tuman hokimi lavozimga rasman tasdiqlandi
Bugun, 31 yanvar kuni, xalq deputatlari Toyloq tumani kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyati hokimining telegramdagi kanalida xabar qilinishicha, sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari Toyloq tumani kengashining deputatlari qatnashgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Shu kunga qadar Toyloq tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Bahodir Qodirovich Bobonazarov rasman tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Bobonazarov 2018 yilning 1 avgust kuni Toyloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Bunga qadar u «Agrobank» Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Avvalroq, Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga rasman tasdiqlangandi.
Mavzuga oid

13:10
Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumini qabul qiladi

21:26 / 03.05.2025
Samarqandda o‘quvchilar uzr uchun tiz cho‘ktirildi

17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi

20:00 / 29.04.2025