Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainalik vazir o‘z yubileyini Kreml xarobalari ko‘rinishidagi tort bilan nishonladi
Ukraina infratuzilma vaziri Vladimir Omelyanning matbuot kotibi Marina Tomko rahbariga 40 yoshlik yubileyi munosabati bilan Moskvadagi Kremlning xarobalari shaklida bo‘lgan tort sovg‘a qilishganini aytib berdi.
Uning feysbuk sahifasida joylashtirilgan postdagi suratdan ko‘rish mumkinki, tortning bir tomonida Kreml xarobalari ko‘rinishida «Slava Ukrayinі!» («Ukrainaga shon-sharaflar!») yozuvi bor. Shuningdek, qandolatchilar qulagan Spasskaya minorasi yonida balalayka va qizil yulduzli quloqchinga ega ayiqni joylashtirishdi.
Uning ta'kidlashicha, Omelyan Spasskaya minorasida bo‘lgan yulduzni tatib ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina MDHdan ikki oy ichida chiqib ketishga qaror qilgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025