Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: IShID Suriyani qancha vaqt ichida qayta egallab olishi mumkinligi hisoblab chiqildi
Pentagondagilarning fikricha, IShID terrorchilik guruhi jangarilari Suriyani bir yildan kamroq muddat ichida qaytarib olishlari mumkin. Bu haqda NBC Amerika harbiy mahkamasining hisobotiga asosan xabar bermoqda.
Pentagondagilar fikricha, agar guruh harbiy bosimlarga duch kelmasa, IShID olti oydan 12 oygacha bo‘lgan muddat ichida Suriya ustidan nazoratni o‘ziga qaytarib olishi mumkin. Shuningdek, mahkamadan ta'kidlashlaricha, IShID jangarilari «xalifalikni jismoniy shaklda tiklashga» harakat qilishmoqda.
Pentagonning hisoboti kelgusi hafta e'lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyada IShID jangarilari qo‘lga olingani, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
18:44 / 22.05.2025