Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada terrorchilar tufayli yetkazilgan zarar miqdori hisoblandi
Suriya sanoat vaziri Muhammad Man Jazbening aytishicha, terrorchilar harakati sababli Suriya sanoat sohasida 2,5 milliard dollardan ziyod mablag‘ni yo‘qotgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Jazbening so‘zlariga ko‘ra, jangarilar Suriya iqtisodiyotiga putur yetkazish uchun mamlakat sanoat obektlariga ataylab zarbalar berishgan.
«[Terrorchilar] obektlarni talon-toroj qilish bilan shug‘ullanib, infratuzilmani, ishlab chiqarish tarmoqlarini qasddan vayron qilganlar va Turkiyaga katta miqdorda uskunalarni olib chiqib ketishgan», - deya ta'kidlab o‘tdi Jazbe.
Vazirning hisob-kitoblariga ko‘ra, zarar 1,026 trln Suriya lirasini (2,5 milliard dollar) tashkil etdi.
Shuningdek, Jazbening qayd etishicha, rasmiylar nazorat ostiga olingan ko‘plab obektlarni qaytarib olishdi hamda ularni qayta tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IShID Suriyani qancha vaqt ichida qayta egallab olishi mumkinligi hisoblab chiqilgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025