Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ko‘chalarda suv toshishi bilan bog‘liq holatlarga qarshi choralar ko‘rish boshlandi
Toshkent shahar hokimligi ko‘chalarda suv toshishi bilan bog‘liq voqealarga qarshi choralar ko‘rishni boshladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
«Yog‘ingarchilik mavsumida Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida suv toshishi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarni bartaraf etish maqsadida, irrigatsiya tarmoqlarini ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan», - deyiladi hokimlik xabarida.
Shu munosabat bilan, 1-3 fevral kunlari Shayxontohur tumani «Qoratosh» va «Samarqand darvoza» ko‘chalari kesishmasi yaqinida («Korzinka» supermarketi oldida) ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi ma'lum qilindi.
Poytaxt ma'muriyati vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025