Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Farg‘ona shahar elektr tarmoqlari» rahbari va bosh muhandisi ushlandi
Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda «Farg‘ona shahar elektr tarmoqlari» AJ rahbari U.K. va bosh muhandisi I.O.lar «A» xususiy korxonasiga tegishli avtomashinalarga gaz quyish shoxobchasi hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 5500 AQSh dollari talab qilib, shundan 4000 AQSh dollarini xususiy korxona bosh muhandisi M.dan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan U.K. va I.O.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi «v, g» bandlari bilan (ta'magirlik yo‘li bilan; bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025