Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha tender e'lon qildi
Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida O‘zbekistonda quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish uchun xususiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha tenderga start berildi. Bu haqda «O‘zbekenergo» AJ boshqaruvi raisining istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari D.Abdusalomov xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil noyabr oyi oxirida Toshkentda ehtimoliy investorlar uchun konferensiya bo‘lib o‘tdi, unda 20dan ortiq yirik energetika kompaniyalari va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirok etdi. Ular O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalariga katta qiziqish bildirdi.
Joriy yilning 1 fevralida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyani qurish loyihasi bo‘yicha saralashdan oldingi tanlov uchun so‘rov hujjati e'lon qilindi, u bilan www.uzbekenergo.uz saytida tanishish mumkin.
Loyiha bo‘yicha investorni tanlash jarayoni 2019 yil birinchi yarmida yakunlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:42 / 16.12.2024
7,2 mlrd so‘mlik tender savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilindi
18:40 / 18.09.2024
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
12:49 / 26.07.2024
Respublika “GAI”ning 26,5 mlrd so‘mlik tenderida qonunbuzilish holati aniqlandi
22:06 / 12.01.2024