Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar 210 million so‘mlik tamaki mahsulotlari olib kirilishiga chek qo‘yishdi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXXChQ xodimlari bilan hamkorlikda yurtimiz hududiga yirik miqdordagi tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga uringan shaxsning qilmishlarini fosh etishdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, viloyatning Bekobod tumanidagi chegara hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tun qorong‘isida og‘ir qopni ko‘targancha chegaradosh hududda izg‘ib yurgan shaxs xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, ushbu shaxs 1990 yilda tug‘ilgan, fuqaro F.X. bo‘lib, u mamlakatimiz hududiga umumiy qiymati 210 mln. so‘mlik, jami 9590 quti tamaki mahsulotlarini bojxona to‘lovlarni to‘lamasdan olib kirishga uringan.
Xorijda ishlab chiqarilgan va aksiz markasi bilan markalanmagan Business Royals nomli ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:10 / 21.04.2025
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirilganiga izoh berildi
15:54 / 07.03.2025
Bojxona qo‘mitasi 9,3 mlrd so‘mlik noqonuniy tamaki mahsulotlarini yo‘q qildi
15:55 / 27.01.2025
«Dovud ota» postidan Qozog‘istonga o‘tish va qaytish uch oyga to‘xtatiladi
20:17 / 28.11.2024