Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamburg aeroportida ish tashlashlar tufayli 60ga yaqin reys bekor qilindi
Hamburg aeroporti xodimlarining ish tashlashlari tufayli 58ta reys bekor qilindi, deb xabar berdi aeroport ma'muriyati.
Avvalroq Verdi kasaba uyushmasi Hamburg aeroporti yerusti xizmati xodimlarini 24 soatlik ish tashlashga chaqirgandi.
"Hamburg aeroporti yerusti xizmati xodimlarining ish tashlashlari tufayli bugunga rejalashtirilgan 388ta reysdan 58tasi bekor qilindi. Qolgan reyslar ham bekor qilinishi yoki kechikishi ehtimoli mavjud", - deyiladi aeroportning Twitter sahifasida.
Verdi Germaniyadagi aeroportlar xavfsizlik xizmati xodimlarining oylik maoshi bir xil – soatiga 20 yevro bo‘lishini talab qilmoqda. Hozirda oylik maoshlar hududlarga va xodimning nima bilan shug‘ullanishi – yo‘lovchilar, yuklar yoki mahsulotlarni tekshirishiga qarab turlicha miqdorda beriladi.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025