O‘zbekiston | 10:21 / 04.02.2019
84729
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Energetika vazirligi ish boshlaydi. Unga vazir ham tayinlandi

Alisher Sultonov/Foto: O‘zbekneftgaz matbuot xizmati

O‘zbekistonda energetika sohasidagi yagona davlat siyosatini o‘rnatuvchi yangi vakolatli organ —​ vazirlik tashkil etildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston hukumati a'zosi, Bosh vazir o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari Alisher Sultonov ​yangi tashkil etilgan vazirlikni boshqarishi kutilmoqda.  

Tegishli hujjatga muvofiq, «O‘zbekenergo» AJ, «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zbekgidroenergo» AJdan davlat-hokimiyat vakolatlarini energetika sohasida mazkur davlat boshqaruvi organiga o‘tkazish nazarda tutilgan. 

O‘zbekiston Prezidenti yaqin kunlarda «ixcham hukumat»ni ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasini isloh etishga chaqirgandi.​

«Biz markazda va joylarda ortiqcha majlislarni keskin kamaytirib, ko‘proq amaliy ishlar va aniq natija bilan shug‘ullanishimiz kerak. Nega deganda, odamlar quruq majlisbozlikdan charchadi.

Olib borayotgan islohotlarimiz va davr talabidan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tubdan takomillashtirish, uni chinakam ijro hokimiyatining oliy organiga aylantirish vaqti keldi, deb o‘ylayman», —​ degandi Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan qilgan ma'ruzasid​a.

Shunday qilib, Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi​ ham tugatilishi, o‘rniga Energetika vazirligi ish boshlashi mumkin. Shu bilan birga Alisher Sultonov Bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ketib, vazirlik bilan cheklanadi, ammo avvaldan uning nazoratida bo‘lgan tarmoqning barcha tashkilotlari Sultonov ixtiyorida qoladi.

Mavzuga oid