Jahon | 10:54 / 05.02.2019
9238
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Rim papasidan Venesuelada muloqot o‘rnatilishida yordam so‘radi

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro Rim papasi Fransiskga «muloqotning yengillashuvi va mustahkamlanish jarayonida» yordam so‘rab xat yozgan.

«Umid qilamanki, xat yo‘lda yoki Rimga, Vatikanga yetib borgan. Unda men Isoning xizmatiga sodiqligim haqida aytganman. Muloqot o‘rnatilishi yo‘lida Rim papasidan o‘zining kuch va imkoniyatlaridan foydalanishini so‘rayman. Ijobiy javobdan umidvormiz»,— degan Maduro italyan telekanali Sky TG24’ga bergan intervyusida.

Rim papasi hozir rasmiy tashrif bilan BAAda bo‘lib turibdi va u Vatikanga 5 fevral kuni qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Yevropaning yana 6 davlati Guaydoni muvaqqat prezident sifatida tan olgan, Italiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Manlio di Stefano esa Rim uning prezidentligini tan olmasligini aytib o‘tgan.

Мирзаёр Эркинов
Tayyorlagan Мирзаёр Эркинов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid