Jamiyat | 19:42 / 06.02.2019
9280
2 daqiqa o‘qiladi

Kosonda 100 o‘rinli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyat boshladi

Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Gulbog‘ MFYda nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi. 

Mazkur ta'lim muassasasi 100 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, sport zali, musiqa zali, cho‘milish havzasi, kompyuter xonasi, sanuzel, zamonaviy mebellar jamlanmasi, adabiyot va o‘yinchoqlar bilan ta'minlangan.

“Bilimdon sity” qurilishi ilk bor 2010 yilda kosonlik xususiy tadbirkor Renat Yusupov tomonidan Gulbog‘ qishlog‘ining chetida joylashgan tashlandiq binoni sotib olish va ta'mirlash ishlaridan boshlangan edi. Shu vaqt davomida tadbirkorning shaxsiy mablag‘lari va davlat kreditlari asosida muassasa qurilishiga jami 1 milliard 400 million so‘m mablag‘ sarflandi.

-O‘ylaymanki, muassasaning faoliyat boshlashi mahallamiz bolalariga quvonchli sovg‘a  bo‘ldi. Bunday ezgu ishlarimiz nasib etsa, kelgusida ham davom etadi , - deydi tadbirkor Renat Yusupov.

Qayd etish kerakki, mazkur nodavlat ta'lim muassasasi ochilishi bilan Gulbog‘ mahallasining 20 nafar fuqarolari doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Ochilish marosimi tadbiri yig‘ilgan mehmonlarning maskanda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishi, mahalliy san'atkorlarning sho‘x kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi.

Reklama huquqi asosida 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid