Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda talonchilar qo‘lga olindi
2019 yil 2 fevral kuni soat 20:30larda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Vori qishlog‘ida yashovchi Sh.K., Sh.R., Sh.X., Sh.Ch. va J.K. shu qishloq hududida joylashgan elektr stansiyasi oldida, Chiroqchi tumanida yashovchi X.S. va uning pochchasi Q.X.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular Q.X. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina salonidan 1 700 000 so‘m pulini hamda ular yonida bo‘lgan qo‘shimcha pul va mobil telefonlarini tortib olib, voqea joyidan qochib ketganlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning barchasi qo‘lga olingan. Holat yuzasidan 4 fevral kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025