Jahon | 08:22 / 07.02.2019
2928
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Mey Brexit bo‘yicha ovoz berishni yana kechiktiradi

Foto: AIDAN CRAWLEY/EPA

Britaniya bosh vaziri Tereza Mey fevral oyi oxiriga qadar Brexit bo‘yicha kelishuv yuzasidan ovoz berishni kechiktirmoqchi. Bu haqda The Telegraph yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, Jamoatlar palatasidagi aksariyat ko‘pchilikning parlament bosh tashkilotchisi Julian Smit Mey vazirlar mahkamasini Brexit bo‘yicha ovoz berish kelasi haftada bo‘lib o‘tmasligi haqida xabardor qilgan, sababi bu vaqtga qadar bosh vazir Yevropa bilan kelishuv loyihasini muhokama qilishga ulgurmaydi.

Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi bo‘yicha dedlayni 29 martga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyada hukumat a'zolari Brexit’ni muhokama qilish uchun maxfiy tarzda uchrashishgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid