Jahon | 19:18 / 07.02.2019
36468
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda bo‘rilarni tanklardan o‘qqa tutish taklif qilindi 

Foto: RIA Novosti

Qirg‘iziston parlamenti deputati, bo‘rilarni vertolyotdan o‘qqa tutishni taklif qilgan Qamchibek Joldoshbayev yanada keskinroq g‘oya bildirdi: u bo‘rilarni tanklarda o‘qqa tutishni taklif qilmoqda.

Qahraton qish och bo‘rilarning insonlar uchun xavfga aylanishiga olib keldi. “Ular takalarni yeb ketdi va endi mahalliy aholi hovlilariga ko‘z olaytirmoqda”, deb aytgan deputat va bu masala bo‘yicha keskin choralar ko‘rishni talab qildi.

Avvalroq deputat davlat o‘rmon xo‘jaligi rahbari Abdixoliq Rustamovga bo‘rilarni vertolyotdan o‘qqa tutishni taklif qilgan. “Rustamovning aytishicha, vertolyotdan ularni o‘qqa tutishning iloji yo‘q, ovchilarda boshqa usullar bor ekan. Bo‘lmasa bo‘rilarni tanklardan o‘qqa tutaylik”, deb aytgan deputat.

Bundan tashqari, Joldoshbayev har bir bo‘rini o‘ldirganlik uchun ajratilgan 6 ming somga yana 2 ming somdan qo‘shishni taklif qildi. Uning aytishicha, bu bo‘rilarni ovlashdagi o‘ziga xos qiyinchiliklar va og‘ir ob-havo sharoiti bilan bog‘langan. Uning aytishicha, Kamina tog‘li hududida bir bo‘ri ortidan 10 ovchi tog‘ga jo‘namoqda. “Ertalab ular tog‘ga jo‘naydilar, chekka hududlarda esa sovuq minus 30 darajaga yetmoqda. Norin tumanining Uchqun qishlog‘idagi mahalliy ovchilar belgilangan pulga yana 2 ming som qo‘shilsa, unda ularning o‘zlari bo‘rilarni otishga tayyorliklarini bildirganlar. Agar 500 ta bo‘ri otilsa, bunga yana bir million som kerak bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tgan deputat.

Mavzuga oid