O‘zbekiston | 00:00 / 09.02.2019
46300
2 daqiqa o‘qiladi

Allamjonov rasman Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari

2019 yil 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Komil Ismailovich Allamjonovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi.

Hujjatda Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qilishi belgilangan edi;

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosariga, uning o‘rinbosarlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosarlariga tenglashtirilganligi e'lon qilingan edi.

Mavzuga oid