Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvardiola nega «Real»ni eng yaxshi klublar ro‘yxatiga kiritmaganini tushuntirdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola nega «Real»ni so‘nggi 10 yillikning eng yaxshi klublari ro‘yxatiga kiritmaganini tushuntirdi.
Avvalroq, u «Barselona», «Yuventus» va «Bavariya»ni eng yaxshi klublar deb sanagan, madridliklar ustozi Santyago Solari esa uning so‘zlaridan taajjubda qolgan edi.
«Real» fanatlari so‘zlarimdan norozi bo‘lishibdi. Men yaxshiroq tushuntirishim kerak edi. Ular so‘nggi uch yildagi muvaffaqiyat tufayli, «Real»ni eng yaxshi klub deb hisoblamoqdalar. Ammo, ichki chempionatdagi natijalarga qarasak, unday emas. «Yuventus», «Barselona» va «Bavariya» 6-7 marta chempion bo‘lishgan, «Real» esa atigi 2 marta. Menimcha, Solari buni yaxshi anglab turibdi va gaplarimni yaxshi tushunyapti», - deb Gvardiola so‘zlarini keltirmoqda Goal.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
10:12 / 21.05.2025
«Siti» KDB bilan xayrlashdi va YeChLga yaqinlashdi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
18:17 / 04.05.2025