Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda talabadan 600 ming so‘m olgan dekan o‘rinbosari ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti dekan o‘rinbosari X.A. universitetning 2-bosqich talabasi A.dan uni yakuniy imtihonlarga kirishiga ruxsat berish evaziga 600 ming so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, X.A. muntazam ravishda dars soatlarini qoldirgan 11 nafar talabalarni imtihonlarga kirishlariga ruxsat berishi evaziga olgan jami 4,6 mln. so‘m pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda taqdim qilgan.
Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025