Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya. «Inter» g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi, turning markaziy uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi
Italiya A Seriyasining 23-turida «Parma» «Inter»ni qabul qildi. Parmadagi «Ennio Tardini» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi yagona gol milanliklar hujumchisi Lautaro Martines tomonidan 79-daqiqada urildi, unga Radja Naynggolan golli pas berdi.
Shu tariqa, «Inter» Italiya chempionatida uch uchrashuv davom etgan g‘alabasiz seriyasiga yakun yasadi. Bungacha Luchano Spalletti shogirdlari qatorasiga ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lishgandi. «Parma» uchun bu mag‘lubiyat keyingi uch o‘yindagi ikkinchisi bo‘ldi.
Endilikda milanliklar klubi ochkolari sonini 43taga yetkazgan va turnir jadvalida 3-o‘ringa joylashgan, Parma klubi esa 29 ochko bilan — 12-o‘rinda.
24-turni «Parma» 16 fevral kuni safarda «Kalyari»ga qarshi o‘tkazadi, «Inter» 17 fevralda o‘z uyida «Sampdoriya»ga qarshi o‘ynaydi.
Turning markaziy uchrashuvi Florensiyadagi «Artemio Franki» stadionida kechdi va «Fiorentina» va «Napoli» bu o‘yinda 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Bu durang «Napoli» uchun Italiya chempionatida qatorasiga ikkinchi durang natija bo‘ldi. «Fiorentina» esa oxirgi 5 o‘yinda to‘rtinchi durangni (qatorasiga ikkinchi) durangni qayd etmoqda.
«Neapol» endilikda 52 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda, «Yuventus» 10 fevral kuni «Sassuolo»ni safarda mag‘lub eta olsa Karlo Anchelotti jamoasi turnir jadvalida turinliklardan 11 ochko ortda qolib ketadi.
24-turda «Napoli» «Torino» bilan o‘ynaydi. Bu o‘yin 17 fevral kuni Neapoldagi «San-Paolo» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Italiya chempionati
23-tur
Parma – Inter 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 79 Martines.
Parma – Sepe, Yakoponi, Brunu Alvesh, Bastoni, Galolo, Kutska (Sprokati, 84), Skotssarella (Shtulats, 77), Barilla, Siligardi (Biabiani, 58), Ingleze, Jyervino.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Vesino, Brozovich, Joau Mariu (Martines, 77), Nainggolan (Galyardini, 88), Perishich, Ikardi (Soaresh, 90).
Ogohlantirishlar: Vesino (37), Galolo (61), Nainggolan (85), Biabiani (89).
Fiorentina – Napoli 0:0 (0:0, 0:0)
Fiorentina – Lafon, Chekkerini, Petsselya, Gansko (Vitor Ugo, 57), Dabo, Fernandesh, Veretu, Biragi, Keza, Muriel, Jyerson (Miralyas, 69; Simeone, 81).
Napoli – Meret, Xyusay, Maksimovich, Kulibali, Mariu Ruy (G‘ulom, 6), Kalexon, Allan, Fabian Ruis, Zelinski, Insine (Verdi, 77), Mertens (Milik, 62).
Ogohlantirishlar: Dabo (42), Veretu (50), Kalexon (54), Zelinski (57), G‘ulom (72), Maksimovich (90).
Mavzuga oid
19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?
02:38 / 07.05.2025
Yetti gol urilgan o‘yinda "Inter" "Barselona"ni YeChLdan chiqarib yubordi
10:53 / 01.05.2025