Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik senator Tramp keyingi saylovlargacha turmaga o‘tirishi mumkinligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yilda o‘tadigan keyingi prezident saylovlarigacha turmaga o‘tirishi mumkin. Bunday fikrni Massachusets shtatidan senator-demokrat va prezident lavozimiga nomzod Elizabet Uorren aytib o‘tdi.
“Biz 2020 yilga kelgunimizcha, Donald Tramp prezident bo‘lmasligi mumkin. Haqiqatda u hattoki ozod kishi bo‘lmasligi ham mumkin”, deb aytgan Uorren.
Senatorning aytishicha, Tramp har kuni irqiy yoki nafratni avj oldiruvchi, “xunuk” tvitlarni e'lon qiladi. Ayol siyosatchi boshqa nomzodlarni “tuzoqqa tushmaslikka” va Trampning har bir harakatiga e'tibor bermaslikka chaqirgan.
Tramp ko‘p yillar davomida Uorrenni mazax qilib, uni hindular malikasi va Disney multfilmlari qahramoni Pokaxontas nomi bilan atab kelgan.
Mavzuga oid
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
09:02 / 05.05.2025
Ruminiyadagi saylovlarning birinchi bosqichida o‘ta o‘ng siyosatchi g‘alaba qozondi
14:29 / 03.05.2025
Britaniyada o‘ng populistlar mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
16:31 / 30.04.2025