Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Wi-Fi yordamida elektronikani zaryadlash usuli aniqlandi
AQSh va Ispaniya olimlari Wi-Fi signali yordamida mikroskopik elektronikani zaryadlash usulini aniqlashdi, deyiladi dgl.ru'da.
Massachusets texnologiya instituti va Madrid universiteti olimlari Wi-Fi signali orqali energiya yetkazish tizimini ishlab chiqishdi. Elektr energiya yetkazish tamoyili elektromagnit to‘lqinlarning elektr energiyasiga aylanishiga asoslangan. Hozircha smartfonlarni bu usuldan foydalanib zaryadlash imkoni yo‘q, biroq mikrospopik texnika "havo"dan energiya olishi mumkin.
Mutaxassislar elektr energiya yetkazish uchun sulfid molibdendan maxsus antenna yaratishdi. Uning "KPD"si hozircha kichik, elektromagnit to‘lqinlarning atigi 30 foizini elektr energiyaga aylantirishning uddasidan chiqildi. Shunday bo‘lsa-da, tibbiyot sohasida foydalaniladigan ba'zi datchiklarni zaryadlash uchun shuning o‘zi yetarli bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:10 / 14.04.2025
AQSh Savdo vazirligi: Elektronika tariflaridagi istisnolar - vaqtincha
20:19 / 12.04.2025
AQSh smartfonlar va kompyuterlarni o‘zaro bojlardan ozod qildi
12:58 / 14.02.2025
Wi-Fi router o‘rnatilgan Equinox jarima maydonchasiga joylashtirildi
08:15 / 08.09.2023