Sport | 18:53 / 12.02.2019
33693
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng zo‘r darvozabonlaridan biri vafot etdi

Angliyalik mashhur darvozabon Gordon Benks 81 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi BBC. U uch yil davomida saratonga qarshi kurashgan edi.

Qayd qilish joizki, Benks IFFHS talqiniga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi darvozabonlari reytingida rossiyalik Lev Yashindan keyin 2-o‘rinni egallagan edi. Bundan tashqari, JCh-1970 musobaqasida Pele zarbasidan so‘ng amalga oshirgan seyvi o‘tgan asrda eng yaxshi deb topildi.

Benks 1958-78 yillarda to‘p tepgan. U faoliyatida «Chesterfild», «Lester», «Stok Siti», «Klivlend Stokers», «Xellenik», «Fort-Loderdeyl Straykers» va «Sent-Patriks Atletik» klublarida o‘ynagan. Angliya terma jamoasi safida 73ta o‘yinda maydonga tushib, 57ta gol urgan. 1966 yilda jahon chempioni bo‘lgan.

Mavzuga oid