Sport | 15:15 / 27.02.2019
8663
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning top-10 chempionatlarida bu mavsum eng kam gol o‘tkazib yuborayotgan darvozabonlar ma'lum qilindi

Foto: RIA Novosti/Aleksandr Vilf

Sofa Score statistika portali Yevropaning eng kuchli 10ta milliy chempionatlarida bu mavsum eng kam to‘p o‘tkazib yuborayotgan darvozabonlar reytingini e'lon qildi.

Reytingning birinchi o‘rnidan TsSKA sardori Igor Akinfeyev joy olgan. U RPLning 17 o‘yinida 8ta gol o‘tkazgan, bu bir o‘yinga o‘rtacha 0,47tadan to‘g‘ri keladi.

Ikkinchi pog‘onada «Portu» posboni Iker Kasilyas (23 o‘yinda 12ta gol, o‘rtacha 0,52) qayd etilgan bo‘lsa, kuchli uchlikka RPLning yana bir vakili – «Rostov» darvozaboni Ilya Abayev (0,54) yakun yasab beradi.

Shuningdek, beshlikdan Alisson («Liverpul», 0,57) va Alfons Areolya («PSJ», 0,61) o‘rin olgan.

Qayd etish kerak, reytingga o‘z klublarining bu mavsumdagi kamida 50 foiz o‘yinlarida qatnashgan darvozabonlargina kiritilgan.

 

Mavzuga oid