Jamiyat | 12:23 / 12.02.2019
20747
2 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz xizmat safari bilan Farg‘ona vodiysida bo‘ldi

Aholi qatlamlari orasida ko‘plab muammolar mavjud bo‘lib, bu masalada Kun.uz jamoasi murojaatlarni o‘rganishda davom etmoqda. Bunday murojaatlardan aksar qismi mamlakatimizning aholi zich qismi bo‘lmish Farg‘ona vodiysiga to‘g‘ri keladi. 

Xizmat safarimiz davomida jamoaviy va yakka tarzda yo‘llangan murojaatlar, bemor farzandi sabab yo‘llangan xayriya ishlari bilan shug‘ullandik. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Shuningdek, Farg‘ona vodiysining qishloq hududlarida yashayotgan yurtdoshlarimizning yashash tarzini yaqindan o‘rganish uchun tashkil etilgan «Qishloqda bir tun» loyihasi ham siz azizlarga havola etiladi.

Bu orqali yurtimizda aholining muammolariga qay darajada e'tibor qaratilayotganligi, qaysi hududlarda muammolar bisyor ekanligini yoritib berishni o‘z oldimizga maqsad qilib bu safarga otlandik.

Xizmat safarimiz sarguzashtlarga boy bo‘ldi. Bu bo‘yicha tafsilotlarni birma-bir, navbati bilan maqolalarimiz orqali ko‘rib borishingiz mumkin. Bizni kuzatib boring. 

Kun.uz da kuting

Mavzuga oid