Jamiyat | 14:06 / 12.02.2019
47510
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Toshkentda «tungi ko‘ngilocharlik»da qatnashgan 14 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi 

10 fevral kuni Ucell ma'muriy binosi qarshisidagi avtoturargohda uyushtirilgan “tungi ko‘ngilocharlikda” ishtirok etgan 14 ta avtotransport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu avtomobillarning haydovchilariga nisbatan turli xil qoidabuzarliklar uchun ma'muriy ta'sir choralari ko‘rilgan. 

Ulardan 5 nafarida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta polisi bo‘lmagan, 4 nafar haydovchining avtomobillari oynalari tegishli ruxsatsiz qoraytirilgan edi, 2 nafar haydovchi avtomobillarida shovqinni pasaytiradigan moslama (maxsus “sport” turi) o‘rnatgan, yana biri boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga ega bo‘lmagan, boshqasida haydovchilik guvohnomasi va taloni yo‘q, yana bir haydovchida transport vositasining pasporti bo‘lmagan.

Shuningdek, “Spark” va boshqa avtomobillar haydovchilari drifting bilan “ko‘ngilocharlik” qilayotganliklari aks etgan video taqdim etildi.

Mavzuga oid