Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi voqealar yuz berishi mumkin bo‘lgan navbatdagi davlat ma'lum qilindi
G‘arb Moldovada navbatdagi “Maydan”ni tashkillashtirishi mumkin. Bunday taxminni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev o‘z intervyusida bildirdi.
Uning aytishicha, Ukrainada 5 yil avval yuz bergan voqealar sotsialistlarning parlament saylovlarida g‘alaba qozonishi holatida yuz berishi mumkin. “AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlari Kishinyovda o‘nglar yordamida Moldova “maydani”ni tashkillashtiradi va ularni prezident impichmentiga undaydi”, deb aytgan Patrushev va Vashington hamda Bryussel Moldova hukumatiga yevroatlantik yo‘nalish tarafdorlarini ilgari surish istagini yashirmayotganini qo‘shimcha qilgan.
Moldovada parlament saylovlari 24 fevralga belgilangan. Patrushevning aytishicha, so‘rovnomalarga ko‘ra prezident Igor Dodonning sotsialistlar partiyasi yetakchilik qilmoqda va “bu vaziyat rangli inqiloblar yo‘li bilan fuqarolarni ziddiyatlar va ixtiloflarga yetaklovchi G‘arbga to‘g‘ri kelmaydi”.
Ukrainada 2014 yil qishida hukumatga qarshi ommaviy norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tgan va ular oqibatida mamlakatda hokimiyat almashgan. Mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich va bir necha vazirlar mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan. Ushbu voqealar eng katta norozilik namoyishi Kiyevdagi “Nezalejnost” maydonida o‘tgani sababli “Maydan” (Yevromaydan) degan nom olgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025