Jamiyat | 14:01 / 18.02.2019
14564
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Crafers “2019 yilning eng yaxshi mahsuloti” medali bilan taqdirlandi

Crafers qandolatchilik fabrikasi “PRODEKSPO 2019” 26-Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi va “2019 yilning eng yaxshi mahsuloti” nominatsiyasida - Premium qora plitkali shokolad va maydalangan yong‘oqli qora plitkali shokolad mahsulotlari uchun medal bilan taqdirlandi.

Mazkur ko‘rgazma oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bo‘yicha biznes kommunikatsiyalar va uzoq muddatli hamkorlik uchun samarali maydoncha hisoblanadi. U Moskva shahrida, “Eksposentr” markaziy ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tadi va har yili 62 000ga yaqin tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.

Bu yili ko‘rgazmada dunyoning 69 mamlakatlaridan kelgan 2600 dan ortiq kompaniyalar 28 ta tematik bo‘limlar bo‘yicha ishtirok etdilar, ular ichida qandolatchilik yo‘nalishi bo‘yicha Shveytsariya, Bolgariya, Italiya, Germaniya, Latviya, Yaponiya, Chili va boshqa mamlakatlardan kelgan 450ga yaqin kompaniyalar edi.

Mazkur ko‘rgazmada Crafers O‘zbekistonni qandolatchilik mahsulotlarining keng assortimenti bilan namoyon etdi. Bu shokolad mahsulotlari, pechene, vafli, marshmellou va turli xil konfetlarning keng ko‘lami edi. Ta'mi uchun alohida maqtovga shokolad plitkalari, 2x2 sutli mayin shokoladi, qatlamali grilyaj, shuningdek “Krokant” konfetlari ega bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasining Qishloq xo‘jalik vazirligi tomonidan ijobiy fikrlar ovoza qilindi, ular mahsulot tayyorlashda qo‘llaniladigan xomashyoning tabiiyligiga e'tibor qaratishgan, chunki baholashda bizga ma'lum bo‘lgan shirinliklarning o‘ziga xosligi va yangi ta'mlari asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.

“Ko‘rgazmaning asosiy hodisasi - mahsuloti eng ko‘p sharhlarni yig‘gan va PRODEKSPOning barcha ishtirokchilari, ekspertlari va tashrif buyuruvchilari tomonidan eng yaxshi deb tan olingan ishlab chiqaruvchilarni medallar bilan taqdirlash bo‘ldi. Taqdirlanganlar orasida Crafers kompaniyasi ham bor edi, u nafaqat ko‘pgina tashrif buyuruvchilarni o‘z mahsuloti bilan lol qoldirdi, balki O‘zbekiston Respublikasining zamon bilan hamnafas harakatlanayotgan va taraqqiyotning hadyalaridan bajonidil foydalanayotgan o‘lka tushunchalari bilan mustahkamlashga o‘zining yangi hissasini qo‘shdi”- deb ta'kidlaydi qandolatchilik sanoati sohasidagi erkin ekspert Vitaliy Popov.

Eksportni rivojlantirish va tashki iqtisodiy faoliyat bo‘yicha departament rahbari Sanjar Kurbonaliyevning so‘zlariga ko‘ra, Crafers mahsulotlari bilan Rossiya va Yevropadan kelgan ishbilarmonlar qiziqishgan, ular taqdim etilayotgan mahsulotning sifati va ta'mi yuqori darajada ekanligini izohlab o‘tishgan. Kelajakda hamkorlik qilish masalasida Xitoy, Mongoliya, Latviya, Bolgariya, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan kelgan ishbilarmonlar bilan muzokaralar o‘tkazildi. Shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston bozorlari vakillari bilan hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.

“Birinchi meni stend o‘ziga tortdi, keyin esa mahsulotni tatib ko‘rmoqchi bo‘ldim. Yigitlar ishlab chiqarish texnologiyasi va shirinliklarning tarkibi haqida so‘zlab berishdi. Ajablanarlisi shundaki, menga mahsulot yoqdi. Qandolatchilik faoliyatidagi tanish xomashyo eng yaxshi ijroda taqdim etilgan. 25 yillik tajribam mobaynida men Osiyolik qandolatchilar bilan ko‘p bora to‘qnashganman, O‘zbekiston haqida ko‘p eshitganman, u yerda ta'm va sifat bo‘yicha hozirgi zamonning barcha talablariga javob beruvchi mahsulotni ishlab chiqarayotgan ulkan fabrika borligini bilib hayron qoldim”,- dedi Italiyadan kelgan texnolog Luidji Mutsio.

Crafers shu vaqtga qadar erishilganlarida to‘xtab qolish niyati yo‘q, kompaniya qo‘shni davlatlarda, Rossiya va Xitoyda o‘tkaziladigan keyingi ko‘rgazmalarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. “Sifatli qandolatchilik mahsulotini taqdim etib, biz eksportni rivojlantirish va mamlakatimizning iqtisodiyoti gullashiga hissa qo‘shish niyatidamiz”,- deydi fabrika rahbari.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid