Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyalik Inger Andersen BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturiga rahbar etib tayinlandi
BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturining (YuNeP) yangi rahbari etib daniyalik Inger Andersen saylandi. Tashkilotning avvalgi ijrochi direktori Erik Solxeym 2018 yil noyabr oxirida iste'foga chiqqandi. Solxeym xizmat safarlariga ortiqcha pul sarflagani oshkor bo‘lgandan keyin o‘z lavozimidan ketishga majbur bo‘lgan.
Andersen 4 yillik muddatga saylandi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, u 2015 yildan Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi bosh direktori lavozimini egallab kelgan va taraqqiyot, ekologik barqarorlik xalqaro iqtisodiyoti sohasida 30 yildan ko‘proq tajribaga ega.
Andersen bungacha Jahon bankida 15 yillik faoliyat yuritib, suv zaxiralari, atrof-muhit va barqaror rivojlanish sohalarida turli rahbarlik lavozimlarini egallagan.
Solxeym iste'fosidan keyin uning vazifalarini Joys Msuya vaqtinchalik bajarib kelgan.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025