Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jozef Votel: AQSh Markaziy va Janubiy Osiyoda sheriklari suverenitetini mustahkamlashda hamkorlik qiladi
AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Jozef Votel 21 fevral kuni poytaxtdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Bosh shtab boshliqlarining navbatdagi anjumani yakunlari bo‘yicha bayonot berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Bosh shtab boshliqlarining navbatdagi anjumanini o‘tkazishdagi ko‘magi uchun O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi anjuman doirasida hamkorlik qilayotgan O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta'minlash va barqarorlikka erishishda muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek, mintaqada barqarorlikni saqlash uchun tahdidlarga qarshi kurash hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarida hamkorlik qilishga tayyor barcha anjuman ishtirokchilaridan minnatdorman.
AQSh mazkur mintaqada konstruktiv yo‘llar orqali sheriklari suvereniteti va barqarorlikni ta'minlash uchun hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashdan qaytmaydi», — deydi AQSh qo‘mondoni.
Jozef Votelning ta'kidlashicha, Mirziyoyev shaxsan anjuman ishiga qiziqish bildirgan va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash yo‘lida hamkorlik qilish bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirgan.
AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni generali, shuningdek, lavozimiga yangi tayinlangan O‘zbekiston Mudofaa vaziriga ham omad tilab, anjumanni o‘tkazishga ko‘mak bergan mehmondo‘st o‘zbek xalqiga minnatdorchilik bildirdi.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025