Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Bangladesh xalqiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bangladesh poytaxti Dakka shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Bangladesh xalqiga, prezident Abdul Hamid va bosh vazir Shayx Hasina Vazedga chuqur ta'ziya izhor etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bangladesh poytaxti Dakkadagi yong‘inda 80 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 50 ga yaqin kishi shifoxonaga yetkazilgan. Avvalroq 69 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Yong‘in aholi yashaydigan 4 qavatli uyda yuz bergan. Uyning bir qismi kimyo ombori sifatida ham qo‘llangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inga gaz balloni sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
23:39 / 12.11.2024