Uorren Baffett bir kunda 4,3 mlrd dollar yo‘qotdi
Uorren Baffettning Berkshire Hathaway shirkati bir kunda 4,3 mlrd dollar yo‘qotdi. Bunga eng yirik aktivlaridan biri bo‘lgan Kraft Heinz’ning aksiyalari bir nechta noto‘g‘ri xabarlar tufayli qulagani sababdir. Bu haqda CNBC xabar tarqatdi.
Juma kungi savdo sessiyasi davomida Kraft Heinz Amerika oziq-ovqat konserni aksiyalari 27 foizga tushib ketib, bir aksiya uchun 34,95 dollarlik darajada yopildi.
2018 yil oxirida Kraft Heinz’ning 325 mln aksiyalariga (26,7%) egalik qilgan Berkshire Hathaway uchun bu yo‘qotishlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Berkshire Hathaway bir kunda 4,31 milliard dollar yo‘qotdi, deya aniqlik kiritgan telekanal. Kraft Heinz Berkshire’ning Apple, bir necha banklar va Coca-Cola’dan keyin yiriklik darajasi bo‘yicha oltinchi xoldingi hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:19 / 28.08.2024
Berkshire Hathaway kapitallashuvi birinchi marta 1 trillion dollardan oshdi
07:26 / 24.06.2021
«O‘yin qo‘shimcha vaqtga o‘tdi» – 90 yoshli Uorren Baffett yana 4,1 milliard dollar xayriya qilganini e'lon qildi
00:22 / 01.09.2020
Bill Geyts Uorren Baffettni 90 yoshi bilan antiqa uslubda tabrikladi
16:56 / 11.07.2020