Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada 39 yil qamoqda o‘tirgan begunoh erkakka 21 mln dollar to‘lanadigan bo‘ldi
Kaliforniyalik Kreyg Koli 1978 yilda sodir etilgan qotillikda aybsiz deb topilgandan keyin Kaliforniya hukumatidan 21 mln dollar oladigan bo‘ldi. Ayol va uning 4 yoshli farzandining qotilligida ayblangan Koli umrining 39 yilini qamoqda o‘tkazgan.
Ayblovning bosh guvohi qurbonlarning qo‘shnisi bo‘lgan. U bir erkakning avtomobili qo‘shnisi uyi oldida to‘xtaganini ta'kidlagan. Boshqa qo‘shni esa qotillik qurbonlari uyidan shovqin ovozlarini eshitganini tasdiqlagan.
Koli 2017 yil noyabrda ozodlikka chiqqanda 70 yoshda bo‘lgan. Hukumatning bayonotiga ko‘ra, himoya erkakning aybsizligini isbotlovchi dalillarni aniqlagan. O‘ldirilgan ayolning uyidagi choyshabida boshqa bir erkakning terisi qoldiqlari va boshqa izlar topilgan. Kolining DNKsi o‘lgan bolaning kiyimida ham aniqlanmagan. Bundan tashqari, tergovchilar ishni qayta ochib, bosh guvoh o‘z uyidan avtomobilda kim o‘tirganini ko‘ra olmasligini o‘rnatishgan.
ABC News nashrining yozishicha, shtat gubernatori Jyerri Braun Koliga 2 mln dollar tovon puli to‘lab berishga rozi bo‘lgan. Nashrning yozishicha, hukumat erkakka 21 mln dollardan 4,9 millionini to‘lab beradi, qolgan summa boshqa manbalar, jumladan sug‘urta to‘lovlari hisobiga qoplanadi.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025