Jahon | 23:48 / 24.02.2019
62877
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen Inning zirhli poyezdi (fotojamlanma)

Foto: KCNA/Reuters

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgani Vetnam poytaxti Xanoyga zirhli poyezdda jo‘nadi. Xabarda aytilishicha, poyezd 23 fevral kuni Pxenyandagi stansiyadan qo‘zg‘algan. Kim Chen Inga safarida yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslar va singlisi Kim Yo Chen hamrohlik qilmoqda.

Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligining xabar qilishicha, Kim Chen In va Tramp o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv haqida shimoliy koreyaliklarga endigina xabar berilgan. Poyezd manzilgacha 4,5 ming kmga yaqin yo‘l bosib o‘tishi kerak.  

Oynalari qoraytirilgan zirhli poyezd Shimoliy Koreya yetakchilarining an'anaviy harakatlanish vositasi hisoblanadi. Rasmiy safarlar uchun Kim Chen Innikiga o‘xshash poyezdlardan uning bobosi va otasi – Abadiy prezident Kim Ir Sen va Buyuk rahbar Kim Chen Ir ham foydalangan. 

Shimoliy Koreyaning amaldagi yetakchisining poyezdi qanday ko‘rinishda ekanligi quyidagi fotojamlanmada keltirilgan.

Foto: KCNA/Reuters
Foto:Mark Schiefelbein/AP
Foto:Mark Schiefelbein/AP
Foto: KCNA/Reuters
Foto: KCNA/Reuters

Mavzuga oid