Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasida bosqinchilik yuz berdi
2019 yil 22 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yashovchi N.X. yuzini egnidagi kiyimi bilan berkitib, pichoq va temir quvur bilan qurollangan holda “Progress gaz servis” MChJga qarashli avtomashinalarga gaz yoqilg‘isini quyish shoxobchasining operator xonasiga bostirib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u shu shoxobcha operatorlari N.R. va M.S. tanasining turli joylariga temir quvur bilan urib jarohat yetkazgan.
So‘ng M.S.ni pichoq bilan qo‘rqitib kassadan 505 000 so‘m pulni olib, voqea joyidan yashirinayotgan vaqtida shu hududda tungi xizmatga jalb qilingan IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
16:04 / 26.03.2025