Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyodagi eng katta masjid qurilishida 9 quruvchi jarohat oldi
Dushanbeda qurilayotgan Markaziy Osiyodagi eng katta masjid qurilishida 25 fevralda favqulodda vaziyat yuz berdi. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar berdi.
Qurilish ishlari vaqtida havozalar qulab, ishchilar 60 metrlik balandlikdan tushib ketishgan.
“Halok bo‘lganlar yo‘q. 9 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan Dushanbe shifoxonasiga yetkazilgan”, deb ma'lum qilgan Tojikistonning favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasi matbuot markazi boshlig‘i Umida Yusufi.
Voqea joyiga qo‘mita qutqaruvchilari kelib, uyumlar ostidan odamlarni chiqarib olishgan.
Dushanbeda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid – Markaziy jome' masjidi qurilishi poyoniga yetmoqda. Bu masjidda bir vaqtda 120 ming kishi ibodat qilishi mumkin.
Masjid qurilishi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning bevosita rahnamoligida amalga oshirilmoqda. Masjid tamal toshi Rahmon tomonidan 2009 yil oktyabrda hanafiy mazhabi asoschisi Imom A'zamning 1310 yilligi nishonlanishi kunlari qo‘yilgan.
Masjid loyihasi tojikistonlik va qatarlik tajribali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan. Masjid har birining balandligi 75 metr bo‘lgan 4 ta minora, 47 metrlik bosh gumbaz va 20 ta kichiqroq gumbazlardan tashkil topadi.
Masjid Dushanbening shimolidagi 12 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, namozxonalar, kutubxona, majlislar zali va mehmonlarni qabul qilish zalidan tashkil topadi.
Mavzuga oid
15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
18:08 / 04.04.2025
«Profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tushunishingizni so‘raymiz» – Musulmonlar idorasi masjidlardagi texnik nazorat ishlari haqida
23:19 / 31.03.2025
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar
22:12 / 31.03.2025