Tramp Kim Chen In bilan uchrashgani Xanoyga uchib ketdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Vetnam poytaxti Xanoyga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashgani uchib ketdi. Ikki yetakchining ikkinchi uchrashuvi 27-28 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Trampning samolyoti Vashington yaqinidagi “Endryus” aviabazasidan uchib ketgan.
AQSh va Shimoliy Koreya Singapurdagi sammitda Koreya yarimorolini yadroviysizlash va Pxenyan hamda Vashington munosabatlarini yaxshilash bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni bajarishdagi qadamlarning amalga oshirilishi bo‘yicha kelishib olishga harakat qilmoqda. Biroq o‘shandan beri aniq qadamlar amalga oshirilmagan: Pxenyan Vashingtondan kelishuvlarning bajarilishini, AQSh ma'muriyati esa Shimoliy Koreya tomonidan yadroviysizlash bo‘yicha yangi qadamlarni kutib qolmoqda.
Avvalroq Kim Chen In Tramp bilan uchrashuvga zirhli poyezdda jo‘nab ketgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
23:22 / 17.10.2024
Shimoliy Koreyada chuchxe kalendari bekor qilindi
21:47 / 06.10.2024