Jamiyat | 19:30 / 27.02.2019
12092
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilar «Qizil simob»ning noqonuniy savdosini fosh etishdi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda Buvayda tumanida nodir metallar, zaharli moddalar, davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiruvchi simob va simob birikmalarining noqonuniy aylanmasi  oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida fuqaro M.A. sherigi R.A bilan «Neksiya-1» rusumli avtomashinada harakatlanib kelib, fuqaro I.A.ga tegishli bo‘lgan 1 dona shisha idishdagi 620 gramm va 550 dona shisha ampulada 1100 gramm tibbiyotda foydalaniladigan «qizil simob» moddasini «shartli xaridor»ga 70 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, fuqaro M.A. bojxonachilarga o‘z ixtiyori bilan 5 dona shisha ampuladagi 10 gramm bo‘lgan  «qizil simob» moddasini topshirdi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid