Jahon | 09:16 / 27.02.2019
10434
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Venesueladagi vaziyatga harbiy aralashuv bo‘yicha qarshi chiqdi

Foto: Xinhua/Li Muzi

Xitoy Xalq Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Ma Chjaosyuy so‘zlariga ko‘ra, Pekin Venesueladagi vaziyatga harbiy aralashuvga qarshi chiqadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy xalqaro hamjamiyatni Venesuelada barqarorlikni ta'minlashga chaqiradi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy tomoni Venesuelaga siyosiy maqsadlarda insonparvarlik yordami yetkazib berilishiga qarshi chiqadi.

Ma Chjaosyuyning qayd etishicha, respublika fuqarolari Venesueladagi inqirozga yechim topish bilan shug‘ullanishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya vakili AQSh Venesuelani talon-toroj qilgani, Guaydo esa qallob ekani haqida aytgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid