Ferrari yangi superkari haqida ma'lum qildi
Ferrari kompaniyasi yangi superkari F8 Tributo haqida ma'lum qildi. Ushbu mashina 488 GTB modeli o‘rniga keladi. Kompaniya tarixida V8 dvigatelli eng kuchli va tezkor model bo‘ladigan superkarning rasmiy taqdimoti Jyenevada mart oyida bo‘lib o‘tadi.
O‘rta motorli kupe 488 GTB’dan 40 kg yengilroq bo‘lib, 720 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Avtomobil 100 km/soat tezlikka 2,9 soniyada erishadi, maksimal tezligi esa soatiga 340 kmni tashkil qiladi.
Mashinaning ba'zi detallari kompaniyaning avvalgi modellariga o‘xshash ishlangan. Misol uchun, mashinaning ikkita dumaloq orqa farasi 8 silindrli modellar orasida birinchi bo‘lib bunday orqa faralar qo‘llangan Ferrari 308 GTB’dan olingan.
Yangi superkar intereri modernizatsiyalangan, 8,5 dyuymli ekranga ega multimedia tizimi, ko‘rinishi o‘zgartirilgan old panel va asboblar paneli, o‘lchami kichraytirilgan rul olgan.
Mashina yil oxirida savdoga chiqarilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:21 / 14.11.2024
Mixael Shumaxerning so‘nggi Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi
16:57 / 03.10.2024
AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi
12:55 / 03.08.2024
Dunyoga mashhur Ferrari – poygachi tashkil etgan kompaniya qanday rivojlangandi?
23:27 / 14.11.2023